Messi hech qachon bunaqa ahvolga tushmagan

  • 8 oktabr, 2023, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempioni Lionel Messi ham “Inter Mayami”ning MLS pley-offiga chiqishiga yordam bera olmadi.

Tecno

“Inter-Mayami” o‘z uyida o‘tkazilgan uchrashuvda sharqiy mintaqa etakchisi “Tsintsinnati”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va pley-offda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Bungacha to‘rtta o‘yinda qatnashmagan Lionel Messi ikkinchi bo‘limda – 55-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Chempionatning bu bosqichi yakunlanishiga ikki tur qolgan pallada “Inter Mayami” 9-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

- Messi jarohatdan endi qutildi, o‘yin rimtini yo‘qotib o‘ygan. Keyingi  paytda juda kam o‘ynadi, shuning uchun uni 35 daqiqa o‘ynatdim, - dedi “Inter Mayami” bosh murabbiyi Xarardo Martino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!