
Messi: Hech qachon orzularingizdan voz kechmang!
Adidas Football YouTube kanalida Argentina terma jamoasining Qatardagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan g‘alabasiga bag‘ishlangan videorolik e’lon qilindi. Ushbu rolikda jamoa sardori Lionel Messi quyidagi gaplarni aytdi.
“Men nafaqat g‘alaba qozonish, balki sayohatning o‘zi qimmatli hayotiy saboqlar berishini angladim. Muvaffaqiyatga erishish istagi, harakat qilishdan to‘xtamaslik hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblayman. Hech qachon orzularingizdan voz kechmang”, - dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 finalida Argentina terma jamoasi Frantsiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi. Shu kuni Messi dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Fikrlar