Messi ingliz klublariga gol urish bo‘yicha o‘zi o‘rnatgan rekordni yangiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvi doirasida “Chelsi” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvda Lionel Messining 75-daqiqada kiritgan goli kataloniyaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. E’tiborlisi, argentinalik forvard bu bilan ingliz klublari darvozasiga kiritgan gollari sonini 18taga etkazib oldi va bu borada o‘zi o‘rnatgan rekordni yanada yaxshilab oldi.

Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Krishtianu Ronaldu (11), Tomas Myuller (9), Samuel Eto'O (8), Rivaldo (8) va Edinson Kavani (8) kabi futbolchilar egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!