Messi "Inter Mayami" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi!

  • 20 oktabr, 2024, 11:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messiga "Inter Mayami" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanish uchun bir yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Argentinalik forvard kecha "Nyu-Inglend Revolyushn"ga qarshi kechgan o‘yinda (6:2) zaxiradan maydonga tushdi va xet-trik qayd etdi.

Tecno

Shu tariqa, 33 ta o‘yinda 36 ta gol urgan Messi “Inter Mayami”ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamga aylanib oldi. 37 yoshli jahon chempioni "Inter Mayami" tarkibida 98 ta uchrashuvda 32 gol urgan ekvadorlik Leonardo Kampanani reytingda ortda qoldirdi. Ikkinchi o‘rinni Luis Suares egallab turibdi - 34 o‘yinda 24 gol. Bu borada kuchli uchlikdan Messining hamyurti Gonsalo Iguain joy olgan - 70 o‘yinda 29 gol.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi "Inter Mayami" safiga 2023 yilning yozida PSJdan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!