Messi "Inter Mayami"ga yana bir argentinalik futbolchini tavsiya qildi

  • 27 dekabr, 2023, 10:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi jamoaga argentinalik futbolchi olib kelinishiga sababchi bo‘lmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Leo klub rahbariyatiga Markos Roxoni tarkibga qo‘shib olishni so‘ragan. 

Tecno

Qolaversa, Messi futbolchini MLSga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan. Bosh murabbiy Xerardo Martino ham Markos bilan uning kelajagi borasida batafsil gaplashgani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Roxoning "Boka Xuniors" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning dekabr oyigacha amal qiladi. Uni Braziliyaning "Palmeyras" jamoasi ham qo‘lga kiritishni istamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!