
Messi jahon futboliga o‘n nafar talantni aniqlab berdi
Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” sardori Lionel Messi ayni paytda jahon futbolidagi eng iqtidorli o‘n nafar futbolchi nomini aytdi.
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi e’tirof etgan o‘yinchilar ro‘yxatiga Lamin Yamal (“Barselona”), Kenan Yildiz (“Yuventus”), Eliss Ben-Segir (“Monako”), Antonio Nusa (“RB Leyptsig”), Assan Uedraogo (“RB Leyptsig”), Joel Ndala (“Nottingem Forest”), Klaudio Echeverri (“Manchester Siti”), Kavan Sallivan (“Filadelfiya Yunion”) kiritildi.
Shuningdek, Messi ikki nafar futbolchi qiz – Jedin Shou (“Nort Karolina Karij”) hamda Viki Lopes (“Barselona”) iqtidorini yuqori baholadi.
Ta’kidlash joizki, Lionel Messi bu o‘yinchilar orasida “Barselona” etakchisi Lamin Yamalning mahoratini alohida e’tirof etib keladi.
Fikrlar