
Messi jarohat olgan, Di Mariya so‘nggi bahsini o‘tkazgan finalda Argentina g‘alaba qozondi
"Kopa Amerika" finalidan o‘rin olgan Argentina - Kolumbiya bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda "albisileste" 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Ekstra taymlarning 112-daqiqasida esa Lautaro Martines gol urdi. Qayd etish lozim, o‘yinning 66-daqiqasida Lionel Messi jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Shu tariqa, Lionel Skaloni boshchiligidagi Argentina terma jamoasi "Kopa Amerika" g‘olibiga aylandi.
Fikrlar