Messi "JCh–2026"dagi ilk uchrashuvga tayyormi?
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jarohatdan to‘liq tiklanib, Jahon chempionati doirasidagi birinchi o‘yinda maydonga tushishga tayyor.
"ElDesmarque" ma’lumotiga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi 17 iyun kuni Kansas-Siti shahrida bo‘lib o‘tadigan Jazoirga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi.
Manbaning xabar berishicha, Argentina sardori so‘nggi o‘n kundan ortiq vaqt davomida jamoadoshlari bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazmoqda va yaxshi jismoniy holatda.
Messi avvalroq Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonda yarim soatdan ko‘proq harakat qildi. O‘sha bahsda u penalti dan gol urgan va jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgan.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempionlari bo‘lgan argentinaliklar mundialdagi yurishini Jazoirga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Fikrlar