Messi Kolumbiyaga qarshi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 16.06.2019 12:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bugun Amerika kubogining ilk turida Kolumbiyadan (2:0) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz hozir ushbu o‘yinning faqatgina yaxshi tomonlarini o‘zimizda olib qolishimiz va keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashimio‘ zarur. Bizda hali imkoniyatlar bor. Mag‘lub bo‘lish hamisha yoqimsiz, biroq, olg‘a yurish kerak. Paragvayga qarshi o‘yin biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi va biz g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak”, - deydi Messi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 20 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!