
Messi Madridga boradi!
PSJ hujumchisi Lionel Messi tizzasidan olgan jarohati tufayli safdan chiqqanligi haqida xabar bergan edik.
"Infobae" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, argentinalik futbolchi bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuboradi. U sentyabr oyida Argentina terma jamoasining Venesuelaga qarshi bellashuvida jarohat olgan va o‘shandan beri og‘riqdan bezovta bo‘layotgan edi.
Frantsiya chempionati 12-turidan o‘rin olgan "Lill"ga qarshi bahsda ham jismoniy holati tufayli erta zaxiraga olindi. 34 yoshli futbolchi Madriddagi klinikalarning birida reablitatsiya kursidan o‘tishi rejalashtirilgan.
Uning niyati 17 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralashi doirasidagi Braziliyaga qarshi uchrashuvga qadar to‘liq tiklanish. Avvalroq, Messi PSJning "RB Leyptsig"ga qarshi qaydnomasiga kiritilmagan edi.
PSJning 4 etakchisi EChL doirasidagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ular orasida Messi ham bor!
Fikrlar