Messi nimadan qo‘rqyapti?

  • 27.05.2020 21:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" forvardi Lionel Messi muxlislarsiz o‘tkaziladigan o‘yinlar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Aytish kerakki, iyun oyi o‘rtalarida tiklanadigan La Liga o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

“Tomoshabinsiz o‘tkaziladigan o‘yinlar darhol muammolar keltirib chiqaradi. Har bir inson o‘z hayolida muxlislarsiz o‘yinni tasavvur qila olishi kerak. Bu juda g‘alati bo‘ladi. Men ham qachonlardir bir marta shunday o‘yin o‘ynaganman. Bu qo‘rqinchli tajriba edi. Ammo, hozir liganing qiyin sharoitda ekanini ham tushunish lozim”, - deydi 32 yoshli argentinalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" ayni damda La Ligada peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!