Messi: Olimpiadadagi oltin medalimga "Barselona"da erishgan barcha yutuqlarimni ham almashmayman

  • 7 aprel, 2017, 20:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi etakchisi Lionel Messining so‘zlariga ko‘ra uning Argentina safida 2008 yil Pekin olimpiadasidagi qo‘lga kiritgan oltin medali faoliyatidagi eng qimmatlisidir.

Tecno

“Tanqidlar meni tashvishlantirmaydi, chunki, nimalar bo‘layotganini o‘zim juda yaxshi ko‘rib turibman. Men muxlislarni tushunaman, ular terma jamoa doim yutishini va sovrinlar qo‘lga kiritishini istashadi. Huddi shu narsalarni biz ham, terma jamoadagi barcha hoxlaydi.

2008 yil Pekin olimpiadasidagi oltin medalim men uchun bebaho. Chunki, har bir futbolchi hayoti davomida bu musobaqada deyarli faqat bir marta ishtirok etishi mumkin”, - deydi Messi Esquire nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Messi Chiliga qarshi bahsda hakamni haqorat qilgani uchun JCh-2018 saralashining 4ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!