Messi Pelening noyob natijasini yo‘qqa chiqardi

  • 23.03.2026 13:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Lionel Messi futbol tarixida Pelega tegishli noyob natijani ortda qoldirdi.

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS doirasidagi “Nyu-York Siti”ga qarshi o‘yinda (3:2) jarima zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gol urdi.

Bu gol argentinalik futbolchi uchun standart holatlardan urilgan 71-gol bo‘ldi va u shu orqali Peleni (jarima zarbasidan 70 ta gol) ortda qoldirib, tarixda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Birinchi o‘rinni hali ham Juninyo Pernambukano egalab turibdi. Braziliyalik sobiq futbolchi jarima zarbalaridan jami 77 ta gol urgan.

Beshta o‘yindan keyin “Inter Mayami” 10 ochko bilan Sharqiy konferensiyada uchinchi o‘rinda joylashgan. “Nyu-York Siti” ham 10 ochko to‘plab, ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!