Messi PSJga qarshi o‘yinda ojiz qoldi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi kecha EChLning 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJga (1:4) qarshi o‘yin davomida raqib darvozasiga birorta ham zarba bera olmadi.
Messi faqatgina birinchi bo‘limda penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi xolos. Shundan so‘ng, Parij jamoasi ketma-ket 4 ta gol urib, yakunda 1:4 hisobida g‘alaba qozondi.
PSJ va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 10 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar