Messi ta’tildan qaytdi, PSJ safida qachon maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi

  • 03.01.2023 12:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Lionel Messi PSJga qaytdi.

Argentina terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgach, Leo o‘z vatani Rosario shahridagi ta’tilni yakunladi va oilasi bilan shaxsiy samolyotda Parijga uchib ketdi.

Taxminlarga ko‘ra, hujumchi 11 yanvar kuni "Anje"ga qarshi bahsda maydonga tushadi. Usiz parijliklar yaqinda ichki chempionat joriy mavsumidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Messi Liga 1ning 13 uchrashuvida 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!