Messi uzoq vaqt futbol o‘ynolmayman!
PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi futboldagi faoliyati uzoq cho‘zilmasligini aytdi.
- Futbolni yaxshi ko‘raman, shunchaki futbol o‘ynab, undan lazzatlanish yoqadi. Butun umrim davomida faqat bir ish – futbol bilan shug‘ullanib kelyapman.
Aminmanki, professional futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ham hayotim shu sohaga bog‘liq bo‘ladi. Uzoq vaqt futbol o‘ynayman, deb aytolmayman, - dedi Lionel Messi.
35 yoshli hujumchi professional faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan. Hozir ikki mavsumdan beri PSJ sharafini himoya qilmoqda.
Messi klublar miqyosida 831 ta uchrashuvda 695 ta gol urgan va 332 ta golli pas uzatgan. Argentina terma jamoasi safida 164 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 90 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar