Messi va Neymar Mbappe maoshiga orzu qilsa bo‘ladi

  • 2 aprel, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning mashhur Lequipe nashri milliy chempionatda to‘p tepayotgan futbol yulduzlari – Kilian Mbappe, Neymar va Lionel Messi olayotgan maoshlar miqdorini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, 24 yoshli frantsiyalik hujumchi bir oyda olti million evro maosh olmoqda. Bu juda katta ko‘rsatkich.

Ikkinchi o‘rinda Neymar qayd etilgan. Parijliklar braziliyalik yulduzning bir oylik mehnatini 3,67 million evroga baholagan.

Jahon chempioni maqomidagi Lionel Messi esa har oy 3,37 million evro moyana oladi. Ko‘rinib turibdiki, Mbappening topish-tutishi Neymar va Messinikidan ikki baravar ko‘p.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!