
Messi va Neymar tamom bo‘ldi, bitta – Mbappe qoldi!
Frantsiyalik jurnalist Daniel Riolo PSJ hujumchilari Lionel Messi va Neymar ko‘rsatayotgan o‘yindan ko‘ngli to‘lmayotganini bildirdi.
- Biz Kilian Mbappe PSJning yagona quroli ekanini yaxshi bilamiz. Odamlar har doim ham bu haqiqatni eshitgisi kelavermaydi. Lekin bizda faqat Mbappe bor xolos.
PSJ ko‘rsatayotgan har bir narsada kamchilik bor. Hafta davomida ikki hujumchi – Messi va Neymarni kuzatdik, ular tamom bo‘lgan.
Ba’zan ular yorqin o‘yin ko‘rsatashi mumkin, biroq avvalgi mahoratlaridan hech narsa qolmagan, - dedi Daniel Riolo.
Ta’kidlash lozimki, parijliklar Frantsiya kubogida ashaddiy raqib – “Marsel”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketdi.
Endi oldinda yana ikkita muhim bahs bor. PSJ 11 kuni milliy chempionatda “Monako”ga qarshi saf tortadi. 14 fevral kuni Chempionlar ligasi nimchorak final dastlabki uchrashuvini “Bavariya”ga qarshi o‘tkazadi. Bu bahslarda Messi va Mbappe qatnasha olmasligi mumkin.
Fikrlar