
Messi va Ronaldu bir jamoada!
UEFA muxlislar talqiniga ko‘ra, o‘tgan yilning ramziy jamoasini e’lon qildi. Tashkilotning rasmiy saytida ikki oydan ko‘proq davom etgan so‘rovnoma natijasida futbol ishqibozlari Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni bir jamoada ko‘rishni istayotgani ma’lum bo‘ldi.
2020 yilning ramziy jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi: Manuel Noyer, Joshua Kimmix («Bavariya»), Serxio Ramos («Real»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Alfonso Devis («Bavariya»), Tyago Alkantara («Bavariya»/«Liverpul»), Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»), Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Neymar («Pari Sen-Jermen»), Robert Levandovski («Bavariya»).
Shuningdek, o‘tgan yilning ayollar jamoasi ham tuzildi. Bu jamoadan “Lion”ning etti nafar futbolchisi joy oldi.
Tarkib shunday ko‘rinish hosil qildi: Sara Buaddi («Lion»), Lyusi Bronz («Lion» / «Manchester Siti»), Kadeysha Byukenen, Vendi Renar («Lion»), Magdalena Eriksson («Chelsi»), Xeyra Xamraui («Barselona»), Amandin Anri, Delfina Kaskarino («Lion»), Sara Bork Gunnarsdottir («Volfsburg» / «Lion»), Daniel van de Donk («Arsenal») va Pernilla Xarder («Volfsburg» / «Chelsi»).
Fikrlar