
Messi Valverdedan nimani so‘radi?
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan jamoaning yangi a’zosi Arturning kelajagi masalasida gaplashdi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchi jamoa bosh murabbiyidan 22 yoshli futbolchiga ko‘proq ishonch bildirishni so‘ragan. Messining fikricha aynan mana shu braziliyalik futbolchi jamoaning maydon markazida to‘pni nazorat qilishi uchun barcha xususiyatlarga ega. Shu bois Messi tez orada Arturning asosiy tarkibga kiritilishini kutmoqda.
Fikrlar