Messi vatandoshlarini yarim final yo‘llanmasi bilan tabrikladi
"Inter Mayami" sardori Lionel Messi 20 yoshli futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida yarim finalga chiqqan hamyurtlarini ijtimoiy tarmoqlarda qutladi.
Chilida bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalida Argentina terma jamoasi meksikalik tengqurlarini 2:0 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng Messi ijtimoiy tarmoqlarda: "Yarim finalga chiqishingiz bilan tabriklayman, yigitlar. Toto Silvettini gol urgani bilan alohida qutlayman", - deya vatandoshlarini olqishladi.
Ma’lumot uchun, Argentina yoshlar terma jamoasi kichik Mundialning yarim finalida Kolumbiya bilan kuch sinashadi.
Fikrlar