Messi xayrli ishlari uchun munosib taqdirlandi

  • 7 yanvar, 2021, 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” forvardi Lionel Messi Kataloniyada barpo etilgan dunyodagi eng katta bolalar onkologik kasalxonasi qurilishida munosib hissa qo‘shgani uchun taqdirlandi.

Tecno

33 yoshli argentinalik futbol yulduzi ikki yil muqaddam Stavros Niarxos fondi bilan birgalikda ushbu kasalxona qurilishiga 2,6 million evro xayriya qilgan edi. Ispaniyaning Diario Sport nashri Messini ushbu xayrli ishi uchun “Values Award 2020” mukofotiga loyiq ko‘rdi.

Messi joriy mavsum “Barselona” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!