Messi yana ikkita gol urdi, oldinda faqat Ronaldo
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi o‘zining 920- va 921-gollarini urdi.
39 yoshli argentinalik yulduz Ligalar kubogi guruh bosqichida Meksikaning «Atletiko San-Luis» jamoasiga qarshi o‘yinda dubly qayd etdi.
Uchrashuvning ilk bo‘limi 3:1 hisob bilan «Inter Mayami» foydasiga yakunlandi. Messi 11- va 44-daqiqalarda gol urdi. U nafaqat ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi, balki bir golga uzatma ham berdi.
Shu tariqa, Messi professional faoliyati davomida 1166 o‘yinda 921 gol urib, 418 golli uzatma amalga oshirgan.
«An-Nasr» forvardi Krishtianu Ronaldo esa hozircha 1330 o‘yinda 976 gol va 261 golli pas bilan qayd etilgan.

Fikrlar