Messiga qaerda o‘ynashning farqi yo‘q

  • 10 yanvar, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone o‘z hamyurti Lionel Messi haqida ilif fikr bildirdi.

Tecno

- Lionel Messi qaysi jamoada bo‘lishidan qat’i nazar, tarkibda eng muhim rolni o‘ynaydi. Bu Argentina milliy terma jamoasi bo‘ladimi yoki boshqa klubmi, farqi yo‘q.

Agar Leoday iste’dodga ega futbolchingiz bo‘lsa, bilinki,  sizda g‘alaba uchun har doim imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.

Men ancha tajribali hisoblangan Maradona bilan birga jahon chempionatida o‘ynaganimda bizni yutish oson bo‘lmasligini his qilardim. Chunki safimizda eng zo‘r o‘yinchilar jamlangandi. Agar sizda kuchli o‘yinchilar ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish ham osonlashadi, - dedi Diego Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!