Messiga qarshilar ham bugun uni qo‘llab-quvvatlaydi
"Real Madrid"ning sobiq bosh direktori Xorxe Valdanoning fikricha, Lionel Messi jahon chempionatida g‘alaba qozonishga loyiq.
"Ko‘pchilik Messi haqida gapirmoqda. Men Mauro Silvani ko‘rdim. Agar braziliyalik futbolchining ham Leoni qo‘llab-quvvatlayotganini hisobga olsam, demak, millionlab odamlarning bu haqda gapirishlari odatiy hol. Agar ilohiy adolat mavjud bo‘lsa, Messi jahon chempioni bo‘lishi kerak.
Lekin boshqa kishilarning ham o‘z fikri mavjud va har bir fikr yashash huquqiga ega. Ilohiy adolatning odatda qaror topishi qiyin", dedi 1986 yilgi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan Valdano.
Fikrlar