Messiga yaqin kelishga qo‘rqamiz, boshimizga katta muammo keladi!

  • 18 sentabr, 2022, 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi markaziy himoyachisi Neuen Peres mashg‘ulotlar chog‘ida asosiy yulduz Lionel Messiga to‘qnash kelishdan qo‘rqishini ochiq aytdi.

Tecno

- Messiga tegib ketish yoki uni jarohatlab qo‘yishdan qattiq qo‘rqaman, biz uni doim ehtiyotlashimiz talab etiladi. Agar shikastlansa jiddiy muammoga duch kelamiz. Ahmoqlik qilib qo‘ymasligimiz kerak, - dedi Neuen Peres.

Argentina terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatiga puxta tayyorlanmoqda. Messi boshchiligidagi jamoa sentyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Argentinaliklar 23 sentyabr kuni Gonduras va to‘rt kundan keyin Yamayka bilan o‘rtoqlik bahsida kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!