Messini PSJda olib qolishning bir yo‘li bor

  • 13 fevral, 2023, 20:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Hujumchi Lionel Messi PSJni tark etishi mumkin. 

"Foot Mercato" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Leo Parij klubi bilan yangi shartnoma imzolashiga shubha bilan qaramoqda. Katta ehtimol bilan argentinalik futbolchi PSJda qolishga rozi bo‘lmaydi. 

Messining qarori yakuniy emas. U kelajagi borasida qaror qabul qilish uchun Chempionlar ligasidagi natijani kutmoqchi. 

Joriy mavsumda Leo jami 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol hamda 14 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!