
Messini terma jamoaga kiritishmadi
MLS muntazam chempionat yakunlariga ko‘ra, ramziy terma jamoani e’lon qildi. Qizig‘i shundaki, yozda PSJdan “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgan Lionel Messi bu jamoaga kiritlmadi.
Argentinalik yulduzning chempionat davomida oltita uchrashuvda qatnashib, bitta gol va ikki assist muallifi bo‘lgan ramziy jamoaga kiritish uchun etarli asos bo‘lmadi.
Ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabon: Roman Byurki (“Sent-Luis”)
Himoyachilar: Mett Myazga (“Tsintsinnati”), Tim Parker (“Sent-Luis”), Uoker Tsimmerman (“Neshvill”)
Yarim himoyachilar: Lusiano Akosta (“Tsintsinnati”), Tyago Almada (“Atlanta”), Ektor Errera (“Xyuston Dinamo”), Xani Muxtar (“Neshvill”)
Hujumchilar: Denni Buanga (“Los-Andjeles”), Georgios Yakumakis (“Atlanta”), Kucho Ernandes (“Kolambus Kryu”).
Fikrlar