Messining AQShga o‘tgani xato bo‘lib chiqdi

  • 04.06.2025 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2023 yili yozda “Pari Sen-Jermen” bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin Lionel Messi katta umidlar bilan AQShga yo‘l olgan edi.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi “Inter Mayami” bilan shartnoma tuzgandi. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik yulduz AQShdan ketishga qaror qilgan.

Jurnalist Sasha Tavolerining yozishicha, Messini MLS chempionatining darajasini qoniqtirayotgan yo‘q. Bu liga Leo kelganidan beri sezilarli o‘sishga erishgani yo‘q.

Ayni paytda Leoning otasi Xorxe Messi Saudiya Arabistoni investitsiya fondi bilan muzokara olib bormoqda. Bu fond “Al-Hilol”, “Al-Ahli”, “An-Nasr” va “Al-Ittihod” moliyaviy ta’minlab keladi.

Manbaga ko‘ra, Xorxe Messi o‘g‘lining futbol faoliyatidan tashqari marketing loyihalaridagi ishtirokini ham muhokama qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!