
Messining “Barsa”da qolishi aniq emas. U takliflarni o‘rgana boshladi
“Barselona” etakchisi Lionel Messining Kataloniyada qolishi aniq bo‘lganicha yo‘q. Jamoani Ronald Kuman qabul qilib olganiga qaramay, argentinalik hujumchi Ispaniyadan ketish variantlarini o‘rganib chiqmoqda.
Shundan bo‘lsa-da, Lionel Messi hal qiluvchi qarorga kelishidan oldin Kuman bilan gaplashib oladi.
Garchi klub prezidenti Bartomeu Messi faoliyatini “Barsa”da yakunlashi haqida bayonot berayotgan bo‘lsa-da, Leoning o‘zi shartnomani yangilash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga shoshilmayapti.
Ayni paytda Messiga “Manchester Siti”, “Inter” va PSJ kataloniyaliklar taklif qila olmaydigan o‘ta manfaatli shartnoma va’da qilmoqda.
Fikrlar