Messining "Barselona"ga qaytish ehtimoli bor

  • 16 fevral, 2023, 19:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
CHERY AUTO

Jurnalist Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, Xorxe Messi kecha PSJ rahbarlari bilan Leoning yangi shartnomasi bo‘yicha muzokaralardan so‘ng darhol "Barselona"ga uchib ketgan.

Tecno

Xabarlarga ko‘ra, Parij klubi rahbariyati va Messining otasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natija bermagan. Leo parijliklar bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi.

Messi 2003 yildan 2021 yilgacha "Barselona"da o‘ynagan.
35 yoshli hujumchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 14 ta assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!