Messining bozori qaynamoqda

  • 19.08.2020 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” o‘z etakchisi Lionel Messini yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarga qaytara olgani yo‘q. Klubdagi o‘zgarishlar ham Messi kutgan darajada bo‘lmadi. Xususan, klub prezidenti Bartomeu iste’fo bermadi va kelasi yili 15 martda bo‘ladigan saylovga qadar o‘z ishini davom ettiradigan bo‘ldi. Ayni paytda  Messining Kataloniyadan ketish ehtimoli 30 foizga ko‘tarilgan.

Bundan unumli foydalanishni ko‘zlagan qudratli klublar Messiga kataloniyaliklardan ko‘p maosh bilan o‘ta manfaatli shartnomalar taklif qila boshladi.

“Manchester Siti” va PSJ argentinalik hujumchiga yiliga 50 million evrodan kam bo‘lmagan maosh taklif qilmoqda. Ular shartnomaning boshqa bandlarini sir tutmoqda. Avvalroq, “Inter” ham shuncha maosh bilan to‘rt yillik bitim taklif qilgan.

Messining o‘zi bu voqealar yuzasidan hech qanday bayonot bergani yo‘q.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!