Messining keyingi taqdiri Argentinaning jahon chempionatdagi natijasiga bog‘liq

  • 6 noyabr, 2022, 18:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messining kelajagi Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 natijalariga ko‘ra hal bo‘ladi, deb xabar berdi " El Nacional".

Tecno

Nashrning yozishicha, agar Argentina terma jamoasi sovrinni qo‘lga kiritishning uddasidan chiqsa, u holda 35 yoshli argentinalik futbolchi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettiradi va shu erda karerasini yakunlaydi. Agar mundial Leo uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanadigan bo‘lsa, Messi Evropada qoladi. Lionel mavsum oxirida PSJ bilan shartnomasini uzaytiradi hamda JCh-2026da qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘radi.

Qatardagi jahon chempionati argentinalik hujumchi uchun faoliyatidagi beshinchi bo‘ladi. Turnir 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar davom etadi. Argentinaning birinchi raqibi Saudiya Arabistoni bo‘ladi, o‘yin 22 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!