Messining "Liverpul" darvozasiga urgan super goli UEFA tomonidan mavsumning eng chiroyli goli deb topildi

  • 9 avgust, 2019, 18:08
  • 0
  • Futbol

UEFA rasmiy tvitteri o‘tgan 2018/19 yilgi mavsumda kiritilgan eng chiroyli golni e’lon qildi.

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Barselona” forvardi Lionel Messining Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi o‘yinda jarimadan kiritgan goli eng ko‘p ovoz to‘pladi.

Aytish kerakki, ushbu nomga shuningdek Ismail Sarr ("Renn"), David Faupala ("Apollon"), Pedro Rodriges ("Chelsi"), Entso Miyo (Frantsiya U17), Katerina Svitkova ("Slaviya"), Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Nani ("Sporting" Lissabon), Ivan Rakitich ("Barselona") va Danilu (Portugali terma jamoasi) kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!