
Messining otasi muzokaralar o‘tkazish uchun Kataloniyaga keldi
“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messining otasi va agenti Xorxe Messi jamoa rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazish uchun Kataloniyaga etib keldi, deya xabar beradi sport.es.
Messining kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2018 yil iyunida yakuniga etadi. Avvalroq argentinalik futbolchining klub bilan kelishuvni uzaytirmasligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Taxminlarga ko‘ra, tomonlar joriy yil oxiriga qadar yana uch yillik shartnoma imzolanadi.
Fikrlar