Messining Ronalduga etib olishi yanada qiyinlashdi

  • 3 noyabr, 2021, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida qolgan raqobatchilari bilan oradagi farqni yana oshirib oldi.

Tecno

36 yoshli Ronaldu "Atalanta"ga (2:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda dubl muallifiga aylandi va o‘zining ushbu musobaqadagi jami gollari sonini 139 taga etkazdi. U ayni damda o‘zining bu boradagi eng yaqin taqibchisi Lionel Messini (PSJ) 15 ta golga ortda qoldirmoqda.

UEFA Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘uparlar ro‘yxatida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski kuchli uchlikni yakunlab turibdi. Uning hisobida 81 ta gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!