Mesut O‘zil: "Arsenal"da qolmoqchiman, bu erda baxtliman

  • 1 may, 2019, 20:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini “kanonirlar” safida davom ettirmoqchiligini aytdi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq 30 yoshli germaniyalik futbolchi yozda boshqa jamoaga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

“Meni klub bilan yana 2 yillik shartnomam bor. Men “Arsenal”da qolmoqchiman. Men ushbu jamoada judayam baxtliman. Men endigina 30 yoshdaman va bemalol yana bir necha mavsum o‘ynay olaman.

Emeri bilan munosabatlarim yaxshi, u bilan o‘rtamizda hech qanday muammo yo‘q”, - deydi O‘zil.

Ma’lumot uchun, O‘zil joriy mavsum “Arsenal” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!