
"Metallurg" - "Nasaf" uchrashuvida jamoalar qaysi rangdagi liboslarda harakat qilishadi?
Bugun, 12-iyun kuni Bekobod shahridagi “Metallurg” markaziy stadionida O‘zbekiston milliy chempionati – Pepsi Superliga ning 15-turidan o‘rin egallagan “Metallurg” – “Nasaf” jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Metallurg" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Odatdagidek, o‘yin kuni uchrashuv komissari, jamoalarning mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lajak uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘yinning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, bugungi bahsni jamoalar qanday liboslarda maydonga chiqishi masalasiga ham oydinlik kiritildi. Unga ko‘ra, mezbonlar – "Metallurg" futbolchilari oq, mehmonlar – “Nasaf” futbolchilari ko‘k rangli liboslarda to‘p surishi aniqlandi. Mezbonlar darvozaboni qizil, mehmonlar darvozaboni esa yashil libosla maydonga chiqadi.
Fikrlar