"Metallurg" 5 futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi
Bekobodning "Metallurg" jamoasi ketma-ket futbolchilar bilan kelishuvni bekor qilmoqda.
"Metallurg" klubi Odilbek Abdumajidov, Abrorbek Toshqo‘ziev, Xudoyshukur Sattorov, Daler Sharipov va Shahzodbek G‘ofurbekov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi.
Avvalroq Liga jamoani Superligadagi kelgusi taqdiriga oydinlik kiritishi uchun 24 dekabrga qadar muddat belgilagandi.
Fikrlar