"Metallurg" Bahrom Abdurahimovni "Paxtakor"ga qaytarib yubordi
Bekobodning «Metallurg» klubi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlash arafasida. Ular 6 yanvar kuni Chirchiqda dastlabki yig‘inini boshlaydilar. Klub esa selektsiya ishlarini boshlab yuborgan. Aytish mumkinki, jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan Bahrom Abdurahimov «Paxtakor» klubiga qaytarib yuborildi. Chunki uni bir mavsum uchun ijaraga olishgandi.
E’tiborlisi, o‘tgan yili aynan «Paxtakor»dan «Metallurg»ga ko‘chib o‘tgan iqtidorli yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov «Mavsum-2019» yakunlariga ko‘ra bekobodliklar safida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchiga aylangandi. Statistik raqamlar shuni ko‘rsatib turibdiki, Abdurahimov «Metallurg» tarkibida Superliganing barcha – 26 ta uchrashuvida maydonga tushgan yagona o‘yinchi hisoblanadi. Futbolchi o‘z hisobiga ikkita gol yozib qo‘ydi va yana uchta golli uzatmani ham amalga oshirgandi.
Bundan tashqari, «Metallurg» tarkibida 14 ta o‘yinda maydonga tushgan yarim himoyachi Suhrob Nurulloev hamda 10 uchrashuvda ishtirok etgan himoyachi Ibrohim Yo‘ldoshev ham huquqiy jihatdan «Paxtakor»ga tegishli bo‘lganligi sababli bekobodliklar safini tark etishgan. Mazkur o‘yinchilarning keyingi taqdirini endi «Paxtakor» klubi hal qiladi.

Fikrlar
Shuni uzing xoxlagan eding -afsus...