
"Metallurg": besh kunlik ta’til yakunlandi
“Neftchi”ga qarshi o‘tkazilgan O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi 3-tur uchrashuvidan keyin “Metallurg” futbolchilariga qisqa muddatli ta’til berilgandi.
Besh kunlik dam olish muhlati bugun poyoniga etdi. Barcha futbolchilar ertalabdan klub qarorgohi sari yo‘lga tushishmoqda. Jamoa o‘yinchilari tushlikda Bekobodda to‘planishadi. Kechqurun salqin tushgandan keyin esa odatdagidek mashg‘ulotlar boshlanadi.
Iyun oyida jamoani Toshkentda “Olimpik”ga qarshi o‘yin kutib turibdi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi asosini tashkil etuvchi Timur Kapadze shogirdlariga qarshi o‘yin 26 iyun sanasiga rejalashtirilgan. 3 iyulda esa birinchi davraning oxirgi o‘yinni o‘z maydonimizda – “Turon”ga qarshi o‘tkaziladi.
"Metallurg" matbuot xizmati.
Fikrlar