"Metallurg" bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirdi

  • 2 dekabr, 2021, 06:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum “Metallurg” klubi uchun juda qiyin kechdi. Chempionat davomida u erda uchta bosh murabbiy ishladi. Andrey Shipilov jamoani tayyorladi va birinchi turdan keyin iste’foga chiqdi. Keyin Jasur Abduraimovga ishonch bildirildi. Ammo uning boshchiligida mag‘lubiyatlar ko‘proq kuzatildi.

Tecno

Chempionat oxiriga kelganda ispaniyalik Luisma Ernandes vaqtincha bosh murabbiy vazifasiga tayinlandi. Natijada u og‘ir vaziyatga tushib qolgan klubni bir amallab Superligada saqlab qolishga erishdi.

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, jamoa rahbariyati ispaniyalik ushbu mutaxassis bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirgani ma’lum bo‘ldi. Hozir u yangi mavsum uchun rejalarni tuzib chiqyapti. Eshitishimizga qaraganda, “Metallurg”ning ilk tayyorgarligi yanvar oyidan boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!