"Metallurg" bosniyalik legioneri bilan yana bir yillik shartnoma imzoladi

  • 28 dekabr, 2022, 15:25
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Metallurg" klubi Kerim Palich bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Bosniyalik futbolchi yana bir yil bekobodliklar safida to‘p tepadi. 

Shuningdek, "ma’danchilar" ayni kunlarda aksariyat o‘yinchilar bilan shartnoma muddatini uzaytirish borasidagi ishlar davom ettirilayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Metallurg"ning ikkinchi yig‘ini yanvar oyining birinchi o‘n kunligida yana Bekobodda tashkil etiladi. Klub rejasiga binoan Bekobodda hamda Toshkentda bir qator ko‘rik-nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!