"Metallurg" Ibrohim Nўmonovni oʻz safiga qoʻshib olganini eʼlon qildi
Ibrohim Nўmonov — "Metallurg" futbolchisi, deya tanishtirildi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarga olib bormoqda.
Jumladan, yarim himoyachi Ibrohim Nўmonov yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi.
Ma'lumot uchun, Nўmonov o‘tgan mavsumning dastlabki qismini "Mash’al"da boshladi va keyinchalik "Buxoro" jamoasi safiga ko‘chib o‘tdi. Umumiy hisobda Superliga va O‘zbekiston kubogi doirasida futbolchi 27 ta bahsda maydonga tushdi va 2 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.
Ibrohim Nўmonov futbolchilik faoliyati davomida "Neftchi", OKMK, "Chizre Serhat Spor" (Turkiya), "Mash’al U-21", "Mash’al", "Qo‘qon-1912" va "Buxoro" klublari safida to‘p tepgan", - deyiladi xabarda.
Fikrlar