"Metallurg" nazorat o‘yinida Muborak jamoasini mag‘lub etdi

"Metallurg" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Unda bekobodliklarga "Mash’al" jamoasi raqiblik qildi.

Mazkur bellashuvda bekobodliklar kichik 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Yagona gol muallifi Marko Obradovich bo‘ldi. 

Bundan oldingi o‘yinda bekobodliklar "Surxon"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!