"Metallurg" nazorat uchrashuvida Pro-liga jamoasi bilan durang o‘ynadi

"Metallurg" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Unda bekobodliklarga "Dinamo" jamoasi raqiblik qildi.

Mazkur bellashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. "Ma’danchilar" safida golga Zabixillo O‘rinboev mualliflik qildi. Samarqandliklarning yagona goli avtogol evaziga urildi. Bekobodliklarning yangi vakili Abdujalil Manazarov o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.

Ma’lumot o‘rnida, 3 kundan keyin "Metallurg" "Surxon" bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!