"Metallurg" "Neftchi" futbolchisiga qiziqib qoldi

  • 1 iyul, 2022, 17:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning “Metallurg” klubi yozgi selektsiya chog‘ida tarkibida ayrim o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchi.

Tecno

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Farg‘onaning “Neftchi” klubida to‘p surgan yarim himoyachi Anvar G‘ofurovga “Metallurg” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

27 yoshli futbolchi mavsum boshida farg‘onaliklar safiga qo‘shildi va birinchi davrada 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Agar tomonlar bir to‘xtamga keladigan bo‘lsa, G‘ofurov ikkinchi davrani “Metallurg” safida o‘tkazishi mumkin.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!