Meyvezer bilan jang uchun Habibga aqlbovar qilmas miqdorda gonorar taklif qilinganmi?

  • 7 yanvar, 2021, 00:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulazizning aytishicha, Floyd Meyvezerga qarshi jang qilish uchun Nurmagomedovga 100 million dollar taklif qilingan ekan.

Tecno

- Floyd Meyvezer bilan jang uchun bizga 100 million dollar taklif qilishdi. Dana Uayt tayyor edi, hamma tayyor edi. Ammo bilasizmi, Habib MMA jangchisi. Agar, Floyd MMAda jang qilishga rozi bo‘lsa, muammo bo‘lmasdi”, - deya Alining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TMZ.

Eslatib o‘tamiz, Meyvezer 2017 yil 26 avgustda Konor MakGregorga qarshi boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazib, 10-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!