Midori Xonda O‘zbekiston ayollar terma jamoasidagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Yangi bosh murabbiyga MOQning maxsus sovg‘asi topshirildi

  • 1 fevral, 2022, 20:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi boshqaruvini tajribali mutaxassis Midori Xonda o‘z qo‘liga oldi.

ayollar2_1

Bugun Chig‘atoy bazasida yaponiyalik murabbiy ilk yig‘inini boshladi. Birinchi mashg‘ulotlarga MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurishdi hamda yaponiyalik mutaxassislar faoliyatiga omad tilashdi. Oldimizda turgan maqsadlar yo‘lida jamoamizga barcha sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qilishdi.

ayollar1_1

Futbolchilar bilan suhbatda jamoa manfaati yo‘lida barcha bir tan-u, bir jon bo‘lib harakat qilish kerakligi aytildi. Shuningdek, rahbariyat terma jamoamiz Parij olimpiadasida ishtirok etishiga tilak va ishonch bildirilib, bu yo‘lda bo‘lajak turnirlarning ahamiyati, ularga tizimli va sifatli tayyorgarlik ko‘rish, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish zarurligi, doimiy ravishda mehnat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.

Suhbat yakunida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyiga MOQning maxsus sovg‘asi topshirildi.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!