
Mikael Sekeyra: "Bundan keyin oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lub bo‘lmaymiz"
“Lokomotiv” klubi o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qildi va oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga 2:1 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi. O‘yindan keyin “Loko” bosh murabbiyi Mikael Sekeyra shunday dedi:
"Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik. Vazifalarni to‘g‘ri bajardik. Biroq xatomiz orqali o‘zimizga gol olib keldik.
Ikkinchi bo‘limda taktikani o‘zgartirdik va shuning hisobiga g‘alabaga erishdik. Juda ko‘p imkoniyatga ega bo‘ldik. Yil davomida so‘nggi daqiqalarda omadimiz kelmayotgandi. G‘alabamiz adolatli bo‘ldi.
Barcha futbolchilar o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishdi. So‘nggi to‘rt o‘yinda oxirgi daqiqalarda mag‘lub bo‘lgan paytlarimiz ham bo‘ldi. Umid qilamanki, bundan keyin oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lub bo‘lmaymiz".
Fikrlar